Xorazm viloyati, Xiva tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog

Bugun Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Saralash jarayonlarida o‘quvchilarning matematika, mantiqiy fikrlash, aniq fanlarga qiziqishi hamda bilim va salohiyati sinovdan o‘tkazilmoqda.

➡️Jarayonlarni bevosita kuzatish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Shovot tumanidagi saralash imtihonlarida ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig‘i ishtirokchilar bilan suhbatlashib, ularga muvaffaqiyat va omad tiladi.

✅ Mazkur loyiha yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun:
Xorazm viloyatidan 6 999 nafar o‘quvchi “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasidagi saralash imtihonlarida ishtirok etmoqda.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@xiva17-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili