Xorazm viloyati, Xiva tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan National AI Hackathon doirasida yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalarini ishlab chiqib, jamoaviy ishlash, mentorlar bilan tajriba almashish hamda loyihalarni yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✅Tanlovning final bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Xiva shahri, Xiva va Shovot tumanlaridan qatnashgan yoshlar o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

🥇Tadbirkorlik yo‘nalishida 1-o‘rin — TriCorp jamoasi (Shovot tumani)
Jamoa a’zolari:
Otaxonov Mirkamol;
Jumanazarov Asadbek;
Nodirbekov Amirbek.

🥉Tibbiyot yo‘nalishida 3-o‘rin — 100x Devs jamoasi (Xiva shahri)
Jamoa a’zolari:
Axmedov Abbosbek;
Ruzmetova Oymonjon;
Odilbekova Ruxsora;
Matkarimov Islombek.

🥉Ta’lim yo‘nalishida 3-o‘rin — TadbirkorAI jamoasi (Xiva tumani)
Jamoa a’zolari:
Bobonazarov Jasurbek;
Meyliboy Meyliboyev;
Asadbek Rajabboyev;
Akbar Mukhammadsolayev.

✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchilarining ushbu yutuqlari loyiha doirasida egallagan bilim va ko‘nikmalarining amaliy samarasi, izchil ta’lim hamda qo‘llab-quvvatlash natijasi demakdir.

🎉Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@xiva17-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Maktab manzili