


Ayni damda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” doirasida mentorlarni tayyorlash bo‘yicha trening mashg‘ulotlariga start berildi.
✍️ Trening mashg‘ulotlarining ochilish marosimida markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ishtirok etib, treningning maqsad va vazifalari, mentorlik faoliyatining muhim jihatlari haqida so‘z yuritdi.
Mashg‘ulotlar davomida mentorlarning kasbiy salohiyatini oshirish, samarali mentorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.