Xorazm viloyati Xiva tumanidagi MMTBga qarashli 17- sonli maktabda Yangi yilga bagʻishlangan ,,Archa bayramiʼʼ boʻlib oʻtdi. Tadbirda 2- chorak mobaynida aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi. Kam daromadli, Temir daftarda turgan oila farzandlariga esdalik sovgʻalari berildi. Oʻquvchilar tomonidan yozilgan ,,Eng yaxshi bayram tabrigiʼʼ, ,, Eng yaxshi bezatilgan sinf xonasiʼʼ nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbirda yuqori sinf oʻquvchilarining konsert nomerlari namoyish etildi.
