Xiva tuman 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 23.12.2023 kuni 1-4-sinflar uchun “Yangi yil bazmi” bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda 1-4 –sinf o’quvchilaridan faqat “a`lo” bahoga o’qigan, namunali xulqli o’quvchilarga Faxriy yorliq, “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi” ko‘rik-tanlovlarida faol qatnashib g’olib bo’lgan sinf o’quvchilariga estalik sovg’alari, kam ta’minlangan oila farzandlariga esa yangi yil sovg’alari berildi
